Navoiyda sayyohlikning yangi mavsumiga start berildi
Navoiy viloyatida sayyohlikning yangi mavsumiga start berilishi munosabati bilan Navoiy shahrida ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi.
Unda hududda faoliyat olib borayotgan turoperator va turagentlar, mehmonxonalar, hostel va oilaviy mehmon uylari vakillari hamda korxona va tashkilotlar kasaba uyushmalarining boshlangʻich tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Yarmarkaning ochilish marosimida viloyat hokimi oʻrinbosari С.Мирзаев ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsadga toʻxtalib, u turoperatorlar hamda korxona va tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada faollashtirishga, nafaqat viloyat balki butun respublikamiz boʻylab sayyohlar almashinuvi oshishiga xizmat qilishini taʼkidladi.
Shuningdek, tadbirda viloyatning sayyohlik salohiyatiga eʼtibor qaratilib, bugungi kun holatiga 219 ta manzil (49 ta mehmonxona, 107 ta oilaviy mehmon uylari, 37 ta hostel, 15 ta dam olish va 6 ta oʻtovli maskanlar) faoliyat yuritib, ular bir vaqtning oʻzida 6569 nafar sayyohni qabul qilish quvvatiga egaligi sayyohlik oqimini yanada oshirish imkoniyati xususida soʻz yuritildi.
Taʼkidlash joiz, mazkur loyihalar har bir hudud uchun qoʻshimcha yangi ish oʻrinlari demakdir. Shu bilan birga mazkur hududlardagi madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar atrofida xalqaro turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarining tashkil qilinishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, kommunal va yoʻl infratuzilmalarini yaxshilash, turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizatsiya ishlari tufayli mahalliy aholining turmush sharoitlari, farovonligi yuksalib, mamlakatimizning investitsion jozibadorligi oshishi shubhasiz.
Yarmarka ishtirokchilariga viloyatning har bir hududi sayyohlik jozibadorligi aks etgan videoroliklar namoyish etildi.
Temur ESHBOYEV
(«Xalq soʻzi»).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring