Navoiyda Qurbon hayiti

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy viloyatida ham Qurbon hayiti istiqlol inʼom etgan ulugʻ maʼnaviy neʼmatlardan biri – ezgulik va xayr-saxovat ayyomi sifatida nishonlandi. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qarorga asosan keng koʻlamdagi tadbirlar amalga oshirilib, muqaddas qadamjo, tarixiy obida va ziyoratgohlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bayram kuni kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar hamda yolgʻiz keksalarning holidan xabar olinib, ularga saxovatpeshalik koʻrsatildi.
— Shunday ulugʻ ayyomlarda bizlarni qadrlaganlarni yaratganning oʻzi qadrlasin, — deya duo qiladi Karmana tumanidagi Kumushkon mahallasida istiqomat qiluvchi, yolgʻiz yashovchi Toshbibi Maqsudova. — Xudoga shukur, hech nimadan kamchiligimiz yoʻq. Mehr va eʼtiborni ham mana davlatimiz koʻrsatib turibdi.
Qurbon hayitining namozlari Karmanadagi Qosim shayx va Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi va jami 70 ga yaqin jome masjidlarida ado etilib, yurtga tinchlik, elga osoyishtalik tilab, duoga qoʻllar ochildi.
— Shunday ulugʻ kunda yurtimizga tinchlik va osoyishtalik hamda xalqimiz erishgan eng buyuk yutuq mustaqilligimizning bardavomligi tilab duo qildik, — deydi Hotam hoji Xoʻjamov. — Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar hayotimizning barcha jabhalarini, jumladan diniy va umuminsoniy qadriyatlarimizni ham qamrab olmoqda. Ayniqsa, muqaddas dinimizning madaniy-maʼrifiy nufuzini oshirishdagi saʼy-harakatlari koʻnglimizni togʻdek koʻtarmoqda.
Bayram munosabati bilan viloyatning qadim ziyoratgohlarida hayit sayli tadbirlari amalga oshirilib, Nurota va Qiziltepa tumanlaridagi “Muruvvat uylari”dagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring