Navoiyda xalqaro mehnat yarmarkasi
Navoiy viloyatida xalqaro mehnat yarmarkasi hamda xorijda ishlash niyatida boʻlgan fuqarolar uchun mehnat forumi tashkil etildi.
Tadbir Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Xususiy bandlik agentliklari federatsiyasi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik doirasida tashkil etildi.

Ushbu hamkorlik viloyatda mehnat migratsiyasini tartibga solish, fuqarolarimiz uchun qonuniy, xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
— Yarmarkada har bir agentlik tomonidan taqdim etilgan ish oʻrinlari boʻyicha ishtirokchilarga batafsil tushunchalar berildi, — deydi Migratsiya agentligining Navoiy hududiy filiali rahbari Ismat Boltayev. — Yaʼni, tomonlarning huquq va majburiyatlari, yaratilgan shart-sharoit hamda mehnat muhofazasi bilan tanishtirildi. Albatta, malakali mutaxassislar ustuvorlikka ega boʻlishmoqda. Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, ayni paytda viloyatimizda xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda 7 ta yirik xalqaro loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalarda ishtirok etayotgan fuqarolar uchun oʻrtacha oylik maosh 1500–2000 AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Yarmarkada Worldbridge, Visa Master, Bestwill, Getwork, Workmall, International Migration Line, Jobbridge, Mirpower, Interwork, The Best Staff kabi yetakchi xususiy bandlik agentliklari ishtirok etishib, mazkur agentliklar tomonidan viloyatning Xatirchi tumanida ham xuddi shunday forum tashkil etildi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring