Navoiyda chiqindilar Xitoy texnologiyasi asosida qayta ishlanadi
Xitoy Xalq Respublikasining “Sinoma Energy Conservation International Investment Co.,Ltd” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi, quvvati 75 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimi hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ushbu kompaniya raisi va bosh direktori Zuo Dayun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

— Kompaniya yirik ishlab chiqarish korxonalarida atmosferaga zaharli chiqindilar tashlashni kamaytirish, choʻllanishning oldini olish va choʻl yerlarida yashillikni koʻpaytirish boʻyicha eng zamonaviy loyihalarni amalga oshiradi, — deydi viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bosh mutaxassisi Elyor Jumayev. — Muzokaralarda mazkur masalalarda “Sinoma Energy Conservation International Investment Co.,Ltd” kompaniyasi yaqin kunlarda Navoiy viloyatiga zamonaviy uskunalar va yetakchi mutaxassislarini yuborishi boʻyicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, muzokaralarda Navoiy viloyatida chiqindini qayta ishlash orqali qayta tiklanadigan elektr energiya ishlab chiqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya tejovchi muhandislik, toza energiyaga investitsiyalar, togʻ-kon sanoati, nometall mahsulotlarni qayta ishlash orqali sanoatda ishlatiladigan ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish masalasi ham muhokama etilib, bir qator dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring