Navoiy davlat universiteti xodimi 35 million soʻm pora bilan ushlandi
Navoiy davlat universiteti xodimi pora bilan ushlandi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Mazkur tezkor tadbir davomida Navoiy davlat universitetining muqaddam sudlangan mansabdor xodimi ushbu taʼlim dargohining oʻquv xonalarini taʼmirlab bergan masʼuliyati cheklangan jamiyatga xizmat haqi sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan 189 million soʻm pul mablagʻini MCHJ hisob raqamiga oʻtkazib berish evaziga tamagirlik yoʻli bilan 35 million soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring