Navbahorliklarga “Ombudsman maktabi” loyihasi taqdim etildi 

18:11 14 Sentyabr 2022 Jamiyat
727 0

Foto: Xalq so‘zi

Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning tashabbusi bilan aholini huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Navoiy viloyatining Navbahor tumanida oʻtkazildi. Unda tumanning “Arabxona”, “Beshrabot”, “Kelachi”, “Koʻxron” va boshqa MFY faollari va yoshlari, shuningdek keng jamoatchilik, nodavlat-notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

—  Mazkur uchrashuvdan koʻzlangan maqsad mamlakatimizda ijtimoiy sohada olib borilayotgan tub islohotlar, xususan aholi bandligini taʼminlash, ish oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy xuquq va manfaatlarini ximoya qilish borasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar toʻgʻrisida fuqarolarning xabardorligini oshirishdan iboratdir, —  deydi Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili ShuhratDjurayev. — Shuningdek, aholining oʻzlarini qiynayotgan soha va masalalar yuzasidan vakolatli davlat organlariga asoslantirilgan murojaatlarni kiritish va ularni koʻrib chiqish tartibi boʻyicha huquqiy madaniyatini hamda bu borada fuqarolarga amaliy va manzilli yordam koʻrsatish, davlat organi va aholi oʻrtasida konstruktiv aloqalarning oʻrnatilishini taʼminlash masadlari nazarda tutilgan.

“Ombudsman maktabi” oʻquv mashgʻulotida viloyat Bandlik, viloyat Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boshqarmasi rahbarlari ishtirok etishib, mazkur sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlarning mazmun va mohiyati, aholiga yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berishdi.

Oʻzaro savol javob va erkin muloqot ruhida oʻtgan tadbirda navbatdagi “Ombudsman maktab”larida koʻtarilishi zarur boʻlgan sohalar yoʻnalishlar boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi.

— Ushbu loyihaning ish boshlagani yangilik va oʻziga xos voqeagina emas, balki aholining huquqiy savodxonligini oshirish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirishda ham zarur vositadir, — deydi “Paxtakor” MFY raisi Laziz Jamilov. — Shunday ekan mazkur tadbirlarning bardavomligidan biz mahalla faollari manfaatdormiz.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi raxbari F.Quvondiqov ishtirok etib, dolzarb masalalar boʻyicha mahallalar faollari bilan fikrlashdi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер