Namanganga meteorit tushdimi? Astronomiya instituti izoh berdi
Videodan kadr
Kecha, 19-fevral kuni Toshkent shahri osmonida nomaʼlum yorqin jism harakati kuzatildi. Hodisa tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Shuningdek, Namangan viloyatida aholi kuchli shovqin va yer silkinishiga oʻxshash holatni his qilgan.
Guvohlarning soʻzlariga koʻra, hodisa taxminan soat 12:30–13:00 lar oraligʻida sodir boʻlgan. Osmonda 2-3 soniyalik yorqin chaqnash kuzatilgan va nomaʼlum jismdan qolgan qora tutun trayektoriyasi bir necha soat saqlanib turgan.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti mazkur voqea boʻyicha rasmiy axborot eʼlon qildi. Unga koʻra, institut mutaxassislari tomonidan ushbu holat yuzasidan dastlabki oʻrganishlar olib borilgan. Hozirgi vaqtda videoda qayd etilgan hodisaning meteorit tushishi yoki boshqa tabiiy-texnogen manba bilan bogʻliq ekani rasman tasdiqlangani yoʻq.
“Yer yuzasiga yetib kelgan qoldiqlar mavjud boʻlmasa, hodisaning tabiati haqida aniq xulosa berish imkonsiz”, deyiladi Astronomiya instituti xabarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, vaziyat bilan bogʻliq yangi maʼlumotlar aniqlanishi bilan jamoatchilikka rasman xabar beriladi.
Maʼlumot uchun, meteoritlar — Quyosh tizimida harakatlanuvchi kichik qattiq jismlar boʻlib, ular Yer atmosferasiga kirganda kuchli qizish natijasida yorqin iz qoldiradi va bu hodisa meteor deb ataladi. Agar bunday jism atmosferada toʻliq yonib ketmay, Yer yuzasiga yetib kelsa, u meteorit deb yuritiladi.
Ilmiy hisob-kitoblarga koʻra, Yer atmosferasiga sutka davomida millionlab mayda kosmik zarralar kiradi, biroq ularning mutlaq koʻpchiligi atmosferada yonib ketadi. Yer yuzasiga yetib keladigan meteoritlarning umumiy massasi esa oʻrtacha kuniga bir necha oʻn tonnani tashkil etadi. Shu bilan birga, aholi yashash hududlariga yirik meteoritlarning tushishi nihoyatda kam uchraydigan hodisa hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring