Namanganda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida gazli sharlar portlab, oʻquvchi qizning sochi yonib ketdi

20:18 26 May 2025 Jamiyat
272 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayramida gazli sharlar portlab, oʻquvchi qizlarning sochi yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, muhokamalarga sabab boʻlgan xabarlar ishchi guruh tomonidan oʻrganilgan. Aniqlanishicha, holat Chortoq tumanidagi 48-umumtaʼlim maktabidagi “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida sodir boʻlgan.

Mehnat kodeksiga koʻra, oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani, tashkilotda oʻrnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qoʻpol ravishda buzganligi, oʻziga yuklatilgan lavozim vazifalarini lozim darajada bajarmagani va bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun mazkur muassasa direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, maktabning maʼnaviy – maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari va bitiruvchi sinf rahbariga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?