Namanganda noqonuniy ravishda binolar qurilishi davom etmoqda

13:03 12 Noyabr 2021 Jamiyat
1059 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan Namangan viloyati Kosonsoy tumanida oʻnga yaqin obyekt qurilishi tegishli hujjatlarsiz boshlab yuborilganligi aniqlandi.

Xususan, Kosonsoy tumanidagi “Gulobod” MFYda joylashgan 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosini rekonstruksiya qilish ishlari sentyabr oyida tugallanishi koʻzda tutilgan, biroq hali ham qurilish ishlari davom etmoqda. Oʻrganishlar davomida ishchi xodimlar orasida ushbu maktabning 8-sinf oʻquvchilari ham yollanma ishchi sifatida noqonuniy ravishda ishlayotgani aniqlangan.

Shuningdek, qurilish ishlarining 50-60 foizi bajarilgan Jabborova Maʼrufatjon Qosimjonovna va “A.Navoiy” MFY Xalqlar doʻstligi koʻchasida joylashgan fuqaro Shodmonov Toʻraxoʻjaga qarashli obyektlar ham tuman hokimi qarori va qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining ruxsatnomasini olmasdan, noqonuniy ravishda davom ettirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga ariza va shikoyatlar kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер