Namanganda “Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish” mavzusida Respublika seminari boʻlib oʻtmoqda
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Namangan shahrida “Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish” mavzusida Respublika seminari boʻlib oʻtmoqda.
“Maʼrifat maskani”da boshlangan mazkur seminarning dastlabki qismida Uychi tumanida faoliyat olib borayotgan 56 nafar ziyoliga “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati guvohnomasi hamda koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

— Davlatimiz rahbari joriy yilning 25-26-mart kunlari Namanganga tashrifi chogʻida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir bir qator vazifalarni belgilab bergandi, — deydi respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov. — Shundan kelib chiqib, 780 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etildi. “Mahalla yettiligi”ga qoʻshimcha ravishda har bir mahallada jamoatchilik asosida “Maʼrifat” targʻibotchilari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Namangan tajribasi sifatida bu yoʻnalishda erishilayotgan yutuqlarning dastlabki namunasini Uychidagi ibratli ishlarda ham koʻrish mumkin.

Kunning ikkinchi yarmida seminar Uychi tumanida davom etdi. Ishtirokchilar mahalladagi “Maʼrifat” targʻibotchilarining faoliyati misolida “Qumtepa”, “Boʻston”, “Jiydakapa”, “Gulzor” mahallalarida “Maʼnaviyat sektori” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Jumladan, “Bobo-dehqon maktabi”, “Mahalladagi ustoz-shogird maktabi”, “Qadriyatlar – maʼnaviy kamolot maktabi”, “Jadidlar merosini oʻrganish, anglash – ildizi baquvvat daraxtga aylanish imkonidir”, “Qatagʻon qurbonlari – Vatan fidoyilari”, “Tarbiyada oʻzbek milliy oʻyin va ertaklarning taʼsiri”, “Maktab – ota-ona – mahalla – maʼnaviyat hamkorligi hayotiy zaruratdir” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-musiqiy tadbirlar koʻrgazmali tarzda namoyish etildi.

Seminar dasturiga koʻra, ikkinchi kunda ishtirokchilar uchun “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari tomonidan treninglar oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring