Namanganda YPX xodimi xizmat vazifasini oʻtayotgan vaqtda vafot etdi.
Qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan IIB xodimi vafot etdi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 21-noyabr kuni soat 23:00larda YPX xodimlari tomonidan Namangan viloyati Davlatobod tumani hududida harakatlanib kelayotgan “Onix” rusumli avtomashinaga toʻxtash ishorasi berilganida, tegishli hujjatga ega boʻlmagan haydovchi xodimlarga boʻysunmasdan qochishga uringan.
Shu vaqtda ratsiya orqali oldinroqda xizmat olib borayotgan katta serjant Vaxobjon Moʻminovga mazkur avtomashinani toʻxtatish chorasini koʻrish yuzasidan xabar berilgan. Shundan soʻng, Vaxobjon Moʻminov haydovchiga toʻxtash ishorasini bergan vaqtda, haydovchi yuqori tezlik bilan xodimni urib yuborib, uning hayoti uchun ogʻir tan jarohati yetkazgan.
“Afsuski, katta serjant Vaxobjon Moʻminov viloyat Tibbiyot birlashmasiga olib borilgan vaqtda vafot etdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida “Onix” rusumli transport vositasining harakati cheklanib, haydovchi qoʻlga olingan.
Maʼlumot uchun, katta serjant Vaxobjon Moʻminov 2007-yildan ichki ishlar organlarida fidokorona xizmat qilgan.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring