Namanganda yil yakunigacha meva-sabzavotni qayta ishlash yoʻnalishida 62 ta loyiha ishga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Namangan qulay iqlim sharoitiga ega, bu yerda azaldan meva-sabzavotchilik rivojlangan.
Lekin, meva-sabzavot eksporti mavjud imkoniyatga mos emas. Agar ish toʻgʻri tashkil qilinsa, eksportni 3-5 barobar oshirish mumkinligi taʼkidlandi.
Shu munosabat bilan meva-sabzavot eksportini koʻpaytirib, eksport geografiyasini kengaytirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
Dehqonlarga berilgan 18 ming gektarga karantin inspektorlari bogʻlanib, eksportbop mahsulotlar yetishtirish tashkil etiladi, 54 ming gektarning agrokimyoviy xaritasi ishlab chiqilib, 18 ming gektari “GSP+” talablariga moslashtiriladi.
Viloyatda meva-sabzavotning atigi 8 foizi, goʻshtning 28 foizi va sutning 9,5 foizi qayta ishlanadi.
Kosonsoy va Chortoq meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan boʻlsada, birorta qayta ishlash korxonasi mavjud emas. Mingbuloq, Norin, Chortoq va Popda meva-sabzavot va sut, Namangan va Chortoqda goʻshtni qayta ishlash quvvati yetishmaydi.
Yil yakunigacha meva-sabzavotni qayta ishlash yoʻnalishida 62 ta loyihani ishga tushirish, Kosonsoy va Popda yirik chorvachilik klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, Popda asal ishlab chiqarish boʻyicha yirik korxonani tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring