Namanganda IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxs qoʻlga olindi
Foto: Namangan IIB
Namangan viloyatida jinoyatini yashirish uchun Ichki ishlar boʻlimi xodimiga pora taklif qilgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 21-noyabr kuni Namangan shahrining Dashtbogʻ mahallasida yashovchi 23 yoshli fuqaro giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatini yashirish va qonuniy javobgarlikdan qutulish maqsadida Namangan shahar IIB tezkor xodimiga 2 ming dollar miqdorida pora taklif qilgan.
Tezkor xodim tomonidan fuqaro bir necha bor bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirilganiga qaramay, pul mablagʻlarini berayotgan vaqtida IIV ShXBB va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Namangan viloyati boʻyicha boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar qonuniy hal etish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring