Namanganda “Energosavdo” boʻlimi yuriskonsulti pora bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kosonsoy tumani boʻlimi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar berdi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda Kosonsoy tuman “Energosavdo” boʻlimi yuriskonsulti M.M. “Soycha” MFYda yashovchi fuqaroning xonadonida elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanganlik holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomaga asosan hisoblangan 28,6 million soʻm jarimani yoʻq qilib berishi evaziga oʻz xizmat xonasida 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring