Namangan viloyatidagi 7 ta hudud isteʼmolchilarining elektr taʼminoti ishonchliligi oshirildi

16:08 16 Fevral 2024 Iqtisodiyot
206 0

Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan, “Namangan magistral elektr tarmoqlari filiali” tasarrufidagi yuqori kuchlanishli (220/110/10 kV) “Sardor” podstansiyasidagi quvvati 125 MVA boʻlgan avtotransformator 250 MVA quvvatli avtotransformatorga almashtirildi.

Mazkur avtotransformator tasdiqlangan dasturga asosan kuchlanish ostiga qoʻyildi. Natijada “Sardor” podstansiyasida qoʻshimcha 125 MVA quvvat oʻtkazish imkoniyati yaratildi.

Buning samarasi oʻlaroq, Namangan shahri, Kosonsoy, Namangan, Yangi Namangan, Davlatobod, Toʻraqoʻrgʻon va Chust tumanlari hududlaridagi aholi isteʼmolchilari hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarning elektr taʼminoti ishonchliligi oshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?