Namangan shahridagi uylardan birida gaz portlab ketdi

14:12 12 Dekabr 2021 Jamiyat
833 0

Namangan viloyati Namangan shahrida Beruniy koʻchasidagi uylardan birida gaz portladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea 12-dekabr kuni soat 03:20 da sodir boʻlgan. Hodisaga uyning yotoqxonasiga ulangan gaz quvuri kranining nosozligi sabab boʻlgan, buning natijasida xonada gaz toʻplanib, portlab ketgan.

Portlash oqibatida yongʻin sodir boʻlib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchlari tomonidan muvaffaqiyatli bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida uy egasi, uning rafiqasi va uch nafar farzandi tan jarohati olgan, ularning barchasi turli darajadagi kuyishlar bilan jarohatlangan. Shuningdek, yongʻin natijasida 20 kvadrat metr shift va tom qismi zararlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi: qish mavsumida xonalarni isitish uchun nostandart gaz, elektr isitish moslamalaridan foydalanmang, deyiladi xabarda.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?