“Nafosat” festivali doirasida yosh dizaynerlar va mutaxassislar bilan muloqot tashkil etildi
Yaqinda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, «Hadichai Kubro» ayollar, qizlar oʻrta maxsus islom bilim yurti xodimlari ishtirokida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyati targʻibotini tashkil etishga qaratilgan “Nafosat” festivali doirasida yosh dizaynerlar va soha mutaxassislari bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida institut professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar tomonidan “Tasviriy sanʼatda oʻzbek ayoli timsoli” mavzusidagi ijodiy ishlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Mazkur koʻrgazmadan Chori Bekmirovning “Anora”, Ziyodilla Farmonovning «Quroqchi momo», “Kelin”, “Checha”, Charos Payziyevaning “Ayollar siymosi”, Baxtiyor Obidovning “Kelinchak”, Baxtiyor Nazarovning “Surxondaryolik ayol”, Sarvinoz Qosimovaning “Buyuk siymolar va avtoportret” va boshqa koʻplab eʼtiborga molik asarlar oʻrin oldi.
Davra suhbatida yoshlar tarbiyasida kiyinish madaniyati ham muhim ahamiyat kasb etishi, ayniqsa, talaba-qizlar jamiyatimizning ziyoli vakilalari sifatida bu borada barchaga namuna boʻlishlari lozimligi taʼkidlandi. Qolaversa, bugungi kunda ayol-qizlarimizning kiyinish madaniyatini yana-da yuksaltirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir doirasida “Nafosat – 2021” festivali nominatsiyalari boʻyicha modalar namoyishi tashkil etildi. Mazkur namoyishdan oʻzbek milliy liboslari bilan bir qatorda bugungi kunda oʻqish va ishda kiyish mumkin boʻlgan qulay va bejirim liboslar oʻrin oldi.
Davra suhbati ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring