Munojot Yoʻlchiyeva sudyalar bilan tarbiya muassasasiga bordi
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi voyaga yetmaganlar uchun ixtisoslashtirilgan 24-sonli tarbiya koloniyasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashabbusi hamda Toshkent viloyat sudi va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda jamoatchilik vakillari hamda profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar taklif etildi. Ular orasida Oʻzbekiston Qahramoni, xalq artisti Munojot Yoʻlchiyeva ham bor ediki, mumtoz sanʼatimizning tirik afsonasining ishtiroki tadbirga oʻzgacha fayz, zavq baxsh etdi.
Aytildiki, muassasaga kelgan odamni ikki xil his chulgʻab oladi: birinchi — bu dargohdagi tarbiyachilar soni oydan oyga kamayib borayotgani ijobiy holat. Ayni paytda muassasada 65 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanmoqda (voqealari rivojidan ilgarilab aytadigan boʻlsak, shu kuni boʻlib oʻtgan sayyor sud majlisida tayinlangan jazo yengilrogʻi bilan almashtirilishi natijasi ularning yetti nafari oilasi bagʻriga qaytdi). Bu avvalgi yillarga qaraganda eng kam koʻrsatkich hisoblanadi. Bundan bir qadar quvonish mumkin. Biroq katta hayot ostonasini xatlamayoq jinoiy javobgarlikka tortilganlar bitta
Erkin va ochiq muloqot shaklida boʻlib oʻtgan uchrashuvda ayni damda sodir etgan jinoyati uchun jazo oʻtayotganlar oʻz qilmishlarini tushunib yetganliklarini va qattiq pushaymon ekanliklarini bayon qildilar.

Oʻz navbatida, mehmonlar pushaymonlikning oʻzi toʻgʻri yoʻlga tashlangan ilk qadam ekanini aytib, yoʻl qoʻyilgan xatoni takrorlamaslik, davlatimizning insonparvar siyosati natijasida ularga berilayotgan yengillik, yaratilgan sharoitlarga sidqidildan mehnat qilib, hayotda munosib oʻrin egallash bilan oqlash lozimligini tushuntirdilar. Soʻng ularga badiiy kitoblar sovgʻa qilinib, inson oʻzligini anglashi va kamolotga yetishida mutolaaning oʻrni beqiyos ekani alohida taʼkid etildi.
Tadbir nihoyasida muassasa tarbiyalanuvchilari va profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar oʻrtasida oʻzaro muloqot tashkil etildi. Oʻsmirlarga xos ohangda kechgan suhbatning mazmun-mohiyati bitta hikmatni eslatdi: soʻnggi pushaymon —
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring