Munosib nomzodlar saralandi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Maʼlumki, joriy yilning may iyun oylari mobaynida mamlakatimizda mahalla raislari saylovi boʻlib oʻtmoqda. Fargʻona viloyatida ham adolat, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida 1062 ta mahallaga munosib nomzodni saralab olish boʻyicha oʻtkazilayotgan saylovlar yakuniga yetkazildi.
Viloyatda yil boshidan buyon ushbu siyosiy jarayonga jiddiy hozirlik koʻrildi. Shu maqsadda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasida viloyat shtabi, viloyat, 19 ta tuman va shaharda mahalla raislari saylovlarini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, mahalliy kengashlar qarorlari bilan fuqarolar yigʻinlari raislari saylovlarini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman hamda shahar komissiyalari tasdiqlandi.
— Viloyatda 976 ta mahallada fuqarolar yigʻini raisi saylovi oʻtkazilib, koʻrsatilgan 3003 nafar nomzod orasidan 976 nafari mahalla raisi etib saylandi, — deydi Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Fargʻona viloyat boshqarmasi boshligʻi Adhamjon Ziyavitdinov. — Saylovlarda 274 ming 858 nafar vakil ishtirok etdi.
Saylovlar yakuniga koʻra, raislarning 442 nafari birinchi marta shunday eʼtirofga munosib koʻrildi. Shuningdek, 96 nafari ayollarni, 534 nafari amaldagi mahalla raislarini tashkil etdi.
Oʻz navbatida saylangan raislarning mahallada faoliyatini tashkil etish, “mahalla yettiligi” hamkorligi samaradorligini oshirish hamda aholining muammolarini hal etish sohasidagi bilim, malaka va koʻnikmalarini oshirish maqsadida maxsus oʻquv-seminarlar tashkil etilmoqda. Oʻquv-seminarlari Fargʻona shahridagi Kasbiy koʻnikmalar markazida viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi mahalla raislarini jalb etgan holda olib borilmoqda. Mashgʻulotlar davomida ishtirokchilarning jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, soliq tushumi orqali mahalla byudjetini shakllantirish boʻyicha amaliy bilim hamda koʻnikmasi oshirildi. Qatnashchilar mavzular yuzasidan test sinovlarida ishtirok etib, dastlabki bilimlari sinovdan oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring