Muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha tanlov tashkil etiladi. Gʻolibga elektromobil beriladi
Xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazmoqda.
Muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha «Eng yaxshi gʻoya», «Eng yaxshi loyiha» va «Eng yaxshi ixtiro» respublika tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlovda oʻqituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi mumkin boʻladi. Birinchi oʻringa elektromobil beriladi.
Shuningdek, gʻoya, loyiha va ixtiro muallifi boʻlgan eng zoʻr 10 nafar ishtirokchi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.
Bu maqsadlar uchun har yili 15 milliard soʻm ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring