Moskvadagi aeroportda samolyot yonib ketdi. 41 kishi halok boʻldi (video)

Rossiya poytaxti Moskva shahrida joylashgan Sheremetyevo aeroportida “Aeroflot” aviakompaniyasiga qarashli Superjet 100 samolyotida yongʻin chiqqan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Aeroport matbuot xizmatiga koʻra, Moskva-Murmansk yoʻnalishi boʻyicha harakatlangan samolyot 5 may kuni mahalliy vaqt bilan 18:02da havoga koʻtarilgan va oradan 28 daqiqa oʻtib, qayta qoʻnishga majbur boʻlgan. Layner noqulay ob-havo sababli ikkinchi urinishdagina qoʻnishga muvaffaq boʻlgan. Samolyot dvigatelida chiqqan yongʻin keyinchalik bortni ham qamrab qolgan.
Yongʻin natijasida samolyot bortida boʻlgan 78 nafar yoʻlovchidan 41 nafari halok boʻlgan. 37 nafar yoʻlovchi qutqarib qolingan. Maʼlumotlarga koʻra, evakuatsiya vaqtida bortning oldingi qismida boʻlgan yoʻlovchilar zudlik bilan samolyotni tark etish oʻrniga yuqoriga joylashtirilgan yuklarini olishga uringan va natijada evakuatsiya eshigi oldida tiqilinch yuzaga kelgan orqada boʻlganlar samolyotni tark etishga ulgurmagan.
Murmansk viloyatida mazkur voqea yuzasidan uch kunlik motam eʼlon qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring