Miya qarishini sekinlashtiruvchi eng yaxshi parhez maʼlum qilindi

Illyustrativ foto
Ben-Gurion, Garvard va Leypsig universitetlarining olimlari yashil choy bilan toʻldirilgan Oʻrta yer dengizi parhezining maxsus varianti miyaning qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam berishini aniqladilar. Tadqiqot natijalari “Clinical Nutrition” jurnalida chop etildi.
18 oy davom etgan tajribada 300 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi. Ular uchta parhezdan biriga amal qilishdi: standart sogʻlom parhez, klassik Oʻrta yer dengizi parhezi yoki uning “yashil” toʻldirilgani.
Oʻrta yer dengizi parhezi Gretsiya, Italiya, Ispaniya va boshqa Oʻrta yer dengizi mamlakatlari qirgʻoq mintaqalari aholisining anʼanaviy ovqatlanish odatlariga asoslanadi. Bu koʻp miqdorda sabzavot, meva, baliq, dengiz mahsulotlari va yongʻoqlarni isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi.
Tadqiqotning bir qismi sifatida “yashil” tur yashil choy va mankay oʻsimlik bilan toʻldirildi. Bu sabzavot ekini suv oʻtlari oilasiga mansub hisoblanadi.
Qon testlari uchinchi guruh ishtirokchilarida miyaning tez qarishi bilan bogʻliq boʻlgan oqsillar pastroq ekanini koʻrsatdi. Tadqiqotchilar bu taʼsirni yashil choy va mankay tarkibidagi yalligʻlanishga qarshi birikmalar bilan bogʻlashadi. Olimlarning fikriga koʻra, bunday oziq-ovqat mahsulotlarini yongʻoq va zaytun moyi kabi sogʻlom yogʻlar bilan toʻldirish mumkin. Bular neyron membranalarini yaratish va hujayralarni oksidlanishdan himoya qilish orqali kognitiv funksiyani qoʻllab-quvvatlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring