“Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi tashkil etiladi
“Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (30-son, 18.01.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2022-yildan boshlab har yili “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlovning:
— 1-bosqichi fevral–mart oylarida tuman (shahar)larda oʻtkazilib, unda eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzod keyingi bosqichga oʻtadi;
— 2-bosqichi aprel oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkazilib, ularning har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar yosh navbatdagi bosqichga yoʻllanma oladi;
— 3-bosqichi may oyida boʻlib oʻtadi hamda 100 nafar yosh tanlov gʻolibi deb topiladi.
1-, 2- va 3-bosqichlar gʻoliblari tegishli BHMning 5, 10 va 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi gʻoliblari Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli oʻquv kurslarida bepul tahsil oladi.
Shuningdek, qaror bilan “Isteʼdodli yoshlar axborotnomasi” ilmiy-amaliy elektron jurnali hamda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” elektron portali tashkil etiladi.
Bunda elektron portalda isteʼdodli yoshlarning elektron bazasi shakllantiriladi, oʻquv kurslari bitiruvchilarining reytingi joriy etilib, innovatsion gʻoyalari va ilmiy-texnik ishlanmalari baholab boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring