Mirobodda IIB boʻlinmalaridan birining podpolkovnigi pora bilan qoʻlga tushdi
DXX va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ichki ishlar organlari tizimida qonunbuzilish holati aniqlandi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanalida xabar berildi.
Unda aytilishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining boʻlinma boshligʻi, podpolkovnik harbiy unvonida boʻlgan U.S. pora bilan ushlangan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro U.S. Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan fuqaroga nisbatan qoʻllanilgan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga oʻzgartirib berishni vaʼda qilib, muqaddam ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming AQSH dollari olgan.
Biroq, u bergan vaʼdasining uddasidan chiqa olmagach, ushbu mablagʻning bir qismini qaytarayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
“Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring