Ming-ming yillik sevgi qissasi
Navoiy viloyatining Sarmishsoy darasida “Qoyalardagi muhabbat” deya nomlanadigan badiiy film suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda ilgariroq «Oʻzbekkino» Milliy agentligi axborot xizmati maʼlum qilgan edi.
Yaqinda «Oʻzbekkino» Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxalikov, germaniyalik mutaxassis Tomas Myuller va respublikaning mashhur kinorejissyorlari Navoiy viloyatida boʻlib, suratga olinadigan hududdagi sharoitlar bilan tanishishdi.
Filmni suratga olishda germaniyalik mutaxassislar ham ishtirok etishadi. Asarni yaratish bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy xarajatlar Navoiy viloyati hokimligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamkorligida amalga oshiriladi.
Mazkur badiiy film ikki jangovar qabila boshliqlari farzandlarining goʻzal muhabbati asosiga quriladi.
Film Navoiy viloyatining turizm salohiyatini namoyon etish, viloyatning turizm maskanlari jozibasini oshirishdek maqsadlarni nazarda tutganligi ham bor gap. Shuningdek, tarixiy badiiy film bilan birga ilmiy ommabop hujjatli film suratga olish boʻyicha dastlabki ishlar amalga oshirilmoqda.
Ibtidoiy odamlar va oʻsha davr turmush tutumi, oʻlmas muhabbat haqida hikoya qiluvchi badiiy film premyerasini 2021-yilning sentyabr oyida oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring