Millionlab ukrainaliklar harbiy xizmatdan qochib yuribdi – Fyodorov

12:49 15 Yanvar 2026 Dunyo
234 0

Ukrainaning yangi mudofaa vaziri Mixail Fyodorov chorshanba kuni maʼlum qilishicha, 200 ming askar xizmatdan chetlatilgan, yaʼni ular oʻz pozitsiyalarini ruxsatsiz tark etishgan. Fyodorovning qoʻshimcha qilishicha, 2 millionga yaqin ukrainalik harbiy xizmatdan boʻyin tovlagani uchun qidiruvda ekanligini qoʻshimcha qildi.

Ukraina armiyasi yillar davomida mamlakatni tashqi dushmandan himoya qilishga urinayotganligi sababli bir qancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Frontdagi sharoitlar ogʻirligicha qolyabdi. Kiyev qoʻshinlari yetarlicha qurolga ega boʻlmasada muhim pozitsiyalarni saqlab qolishga harakat qilyapti.

Ruhiy tushkunlik va qochqinlik darajasi yuqoriligi haqidagi mish-mishlar oldindan bor edi, ammo Fyodorovning izohlari Ukraina rasmiylari orasida muammolarni ochiq aytilishi borasidagi birinchi holatdir.

Mamlakatda faqat 25 yoshdan 60 yoshgacha boʻlganlar safarbarlikka tortilishi mumkin boʻlsada Ukraina qonunlariga koʻra, 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan barcha erkaklar harbiy roʻyxatdan oʻtishlari va har doim hujjatlarini oʻzlari bilan olib yurishlari shart.

Ukrainadagi harbiy holat 23 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga yaroqli barcha erkaklarning mamlakatni tark etishini taqiqlaydi, ammo oʻn minglab odamlar noqonuniy ravishda qochib ketishgan .

Chorshanba kuni Fyodorov bilan uchrashuvdan soʻng, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning safarbarlik ishlarida oʻzgarishlar qilish kerakligini aytgan.

Fyodorov Ukraina mudofaa vaziri lavozimida ishlayotgan eng yosh vazir hisoblanadi. U keyingi hafta 35 yoshga toʻladi. Vazir oʻz navbatida Ukraina Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari va energetika vaziri boʻlgan Denis Shmыgalning oʻrnini egalladi.

Fyodorov ilgari Ukraina Bosh vazirining oʻrinbosari va Raqamli transformatsiya vaziri lavozimlarida ishlagan. Ushbu lavozimdagi vazifalari bilan bir qatorda Ukrainaning dronlar bilan kurashish loyihasini nazorat qilgan.

“Koʻproq robotlar kamroq yoʻqotishlarni, koʻproq texnologiya esa kamroq qurbon yoʻqotishga olib keladi. Ukraina qahramonlarining hayoti eng muhim narsa”, — degan u chorshanba kungi nutqida.

Fyodorovning soʻzlariga koʻra, hozirda dron ishlab chiqaradigan 500 ta Ukraina kompaniyasi, mudofaa uskunalarini ishlab chiqaradigan 200 ta biznes loyiha va 20 dan ortiq xususiy raketa ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud.

Zelenskiyning aytishicha, harbiylarning texnologik tarkibiy qismini kuchaytirish Fyodorovning yangi lavozimidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?