Milliy taraqqiyotimizning yangi poydevorini yaratishda faol boʻlaylik
Qonunlarga asoslangan va qonunlar ustuvor mamlakat tez taraqqiy etadi, xalqi ham
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan xalqimizga yoʻllagan tabrigida bu haqda toʻxtalib, Konstitutsiya va qonunlarimizni yana-da takomillashtirishni bugun hayotning oʻzi talab etayotganini alohida taʼkidladi. Jumladan, xalqimiz manfaatlariga, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishga xizmat qiladigan qonunlarni qabul qilish, davr talablariga javob bermaydigan qonun hujjatlarini bekor qilib, qonunchilik bazasini ixchamlashtirish, biznes faoliyatini tartibga solish borasidagi ortiqcha normalarni kamaytirish zarurligini qayd etdi.
Qonunchilikni takomillashtirish va bu ulugʻvor vazifalarni bajarishda siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlari yana-da faol boʻlishi lozimligi aytildi. Bu borada iqtisodiyotimizga, ijtimoiy hayotimizga tushov boʻlayotgan, mamlakatni ich-ichidan yemirilishiga olib kelayotgan eng katta xavf- bu korrupsiya ekanligi alohida qayd etildi. Masalan, olaylik, keyingi ikki yilda noqonuniy xatti-harakati bilan davlatga 2 trillion soʻm zarar yetkazgan 1986 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani bu masala naqadar dolzarb ekanini anglatib turibdi.
Bu sohada faoliyatimizni tizimli va kompleks davom ettirish uchun 2021-2025-yillarga moʻljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi ustida ish olib borilayotgani ham soʻzimizga yaqqol misol boʻla oladi.
Bir soʻz bilan aytganda, mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish uchun barcha tizim va boʻgʻinlar birdek ishlashi va shu jonajon yurt manfaatini barcha narsalardan ustun qoʻyishi lozim. Binobarin, fidoyi va jonkuyar shaxslar qancha koʻpaysa, yurtimiz ham shuncha tez taraqqiy etadi.
Hazratqul
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring