Milliy maqsadlar doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda parlament soʻrovi ijrosi oʻrganildi
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida oʻrmonlardan oqilona foydalanish, choʻllanishga qarshi kurashish, bioxilma-xillikning yoʻqolib ketishni oldini olish ishlari hamda parlament soʻrovi natijalari Surxondaryo viloyatida Senat ishchi guruhi tomonidan oʻrganildi.
Xususan, ishchi guruh “Surxon” davlat qoʻriqxonasining “Xatak” boʻlimi faoliyati hamda uning noyob flora va faunasini asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mazkur qoʻriqxonaning umumiy yer maydoni 23,8 ming gektarni tashkil etib, unda 807 ta oʻsimlik hamda 194 ta hayvon turlarining noyob vakillari mavjud.
Ishchi guruh aʼzolari tomonidan noyob jonivorlarning koʻpayishiga zamin yaratish, ularni parvarishlash ishlarini takomillashtirish, qoʻriqxona moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, fotoqopqonlar va fotovideokameralarni koʻpaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, Termiz tumanida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi hududidagi yashil maydonlar, daraxt va butalar ekilishi, ularning joylashuvi oʻrganildi.
Shuningdek, “Uzun” koʻchatchilikka ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Xoʻjalik 1929-yilda tashkil etilgan boʻlib, “Sangardak”, “Uzun” va “Zevar” boʻlimlaridan iborat. Xoʻjalikning umumiy yer maydoni 106,5 ming gektarni tashkil etib, 19,5 ming gektardan ortigʻi oʻrmon bilan qoplangan.
Xususan, koʻchatchilikka ixtisoslashgan “Uzun” boʻlimida 60 turdagi
7 millionga yaqin pavloniya, chinor, sadaqayragʻoch, qrim qaragʻayi, qalliq, eman, qizil doʻlana, yapon saforasi, shuningdek, manzarali va mevali daraxt koʻchatlari parvarish qilinmoqda.
Shu bilan birga xoʻjalikda 20 turdagi dorivor oʻsimliklar yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularni qayta ishlash tizimi ham yoʻlga qoʻyilgan jumladan, lavanda oʻsimligidan turli foydali mahsulotlar ishlab chiqarilib, uning eksporti yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur yoʻnalishda bozor talabi va istiqboli yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashildi.
Ishchi guruh tomonidan dorivor oʻsimliklar yetishtirish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va butalarni parvarishlash, yashillik va barqarorlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring