Milliy malaka tizimini rivojlantirishda Albaniya tajribasi oʻrganildi

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
18-fevral kuni YUNESKO, “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi va Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamkorligida “Milliy malaka tizimini rivojlantirishda Albaniya tajribasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati doirasida oʻtkazildi. Institut respublikada kasbiy malakalarni rivojlantirish va baholash tizimini takomillashtirish, tarmoq malaka ramkalari, kasbiy standartlar va baholash vositalarini ishlab chiqish hamda milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasini joriy etish vazifalarini bajaradi.
Seminar-treningda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti direktori Anvar Allabergenov Oʻzbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, jahon tajribasi va kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, tadbirda Albaniya Kasb-hunar taʼlimi va malakalar milliy agentligi bosh direktori Eyvis Gishti xonim “Albaniya Respublikasida kasbiy taʼlim va milliy malaka tizimi: joriy holati va rivojlantirish strategiyasi” mavzusida taqdimot qildi. U oʻz nutqida mehnat bozori va taʼlim integratsiyasini taʼminlashda samarali metodologiyalar haqida fikr almashdi.
Seminarda Albaniya malaka tizimi modeli, uning huquqiy asoslari va boshqaruvi, ishtirokchilarning vazifalari, malaka tizimining boshqa tizimlar bilan integratsiyasi, malaka sertifikatlarining xalqaro darajada tan olinishi, mehnat bozorida prognozlash metodologiyalari va xodimlarning malakasini oshirish tajribasi haqida muhokamalar oʻtkazildi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, seminar kasbiy taʼlim sohasida innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, mutaxassislarning malakasini oshirish va professional darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Uning asosiy maqsadi – Milliy malaka tizimini rivojlantirishdagi zamonaviy talablar, standartlar va meʼyorlar bilan ishtirokchilarni tanishtirish, amaliy koʻnikmalarni oshirish hamda mehnat qonunchiligi boʻyicha bilim berishdan iborat.
Seminar yakunlariga koʻra, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti va Albaniya Kasb-hunar taʼlimi va malakalar milliy agentligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring