Milliy malaka tizimi bo‘yicha I xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
22-may kuni Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi huzuridagi Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, YUNESKO va Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Milliy malaka tizimini rivojlantirishning joriy holati va istiqbolli vazifalar” mavzusida I xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda xalqaro ekspertlar, vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari qatnashdi. Konferensiyada hayot davomida ta’lim olish konsepsiyasi, xalqaro standartlarga muvofiq malaka tizimini rivojlantirish, norasmiy ta’lim natijalarini tan olish, kasbiy standartlarni ishlab chiqish va raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

YUNESKO, GIZ, ETF, KOICA, DVV International kabi tashkilotlar ishtirok etgan ushbu konferensiya milliy malaka tizimini barqaror rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.




















Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring