Milliy gʻurur va birdamlik ramzi
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Bugun mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda. 1991-yil 18-noyabr — xalqimizning mustaqillik yoʻlidagi taraqqiyotning muhim ramzlaridan biri boʻlgan Davlat bayrogʻining qabul qilingan sanasi sifatida milliy tariximizda alohida oʻrin tutadi.
Davlat bayrogʻi — respublika suverenitetining, xalqimizning birlik va bagʻrikenglik kabi yuksak fazilatlarining, tinchlik va taraqqiyotga intilishining ifodasidir. Ramzda aks etgan ranglar va timsollar mamlakatimiz tabiati, tarixi, madaniyati hamda xalqimizga xos ezgu orzu-umidlarni oʻzida mujassam etgan.
Har yili ushbu sana munosabati bilan yurtimiz boʻylab turli maʼrifiy, madaniy va taʼsirli tadbirlar oʻtkaziladi. Davlat bayrogʻiga hurmat va ehtirom koʻrsatish, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy ramzlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida taʼlim muassasalari, tashkilot hamda idoralarda bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring