Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln soʻmgacha oshiriladi
Qonunchilikka koʻra, quyidagilar:
— mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln soʻmdan 100 mln soʻmgacha oshiriladi;
— nobank kredit tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi;
— mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablagʻlarini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga ruxsat beriladi;
— jismoniy shaxs boʻlgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aksiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablagʻlarini jalb etishga ruxsat beriladi;
— mikromoliya tashkilotlari tegishli litsenziya olgan holda toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi;
— jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi ulushga egalik qilish uchun Markaziy bank dastlabki ruxsatnomasini olish talabi qonunchilikda belgilangan 10 foizlik ulushni 20 foizga oshirish orqali yumshatiladi.
Bunda, olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha boʻlganda Markaziy bankni xabardor qilish tartibi joriy etiladi;
— mikromoliya tashkilotlariga tijorat banklaridan kredit resurslari jalb etilganda yoki tadbirkorlik subyektlariga mikromoliya tashkilotlaridan mikrokredit olinganda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kafilligini berish imkoniyati yaratiladi;
— tijorat banklariga mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda ularning koʻrsatilgan mikromoliyaviy xizmatlari boʻyicha talab qilib olish huquqini garovga olish huquqi beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring