Mening eng katta maqsadim - qanchalik ogʻir boʻlmasin ularni qaytarib olib kelish. Prezident migratsiya masalasiga toʻxtaldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtgan haftada Namangan viloyatiga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi «Dashtbogʻ» kichik sanoat zonasida ham boʻldi va u yerda joylashgan korxonalardan birining ishchilari bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida davlat rahbari mehnat migratsiyasi masalasiga alohida toʻxtalib oʻtgan.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati haqidagi “Maxsus rakurs” koʻrsatuvida maʼlum qilindi.
«Hali koʻp-koʻp fuqarolarimiz, sizlarning qoʻshnilaringiz, koʻplaringning turmush oʻrtoqlaring chetda yuribdi. Mening eng katta maqsadim - qanchalik ogʻir boʻlmasin, ularni sekin-sekin oʻzimizning bagʻrimizga, oʻzimizning mahallamizga, oʻzimizning koʻchamizga, oʻzimizning uyimizga qaytarib olib kelishimiz kerak. Ogʻir, lekin baribir shu marralarni qoʻyishimiz kerak», dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev korxona rahbari bilan suhbatda yana bir muhim masala - ayollarning ishlashini taqiqlaydigan erkaklar haqida toʻxtaldi. Prezident bunday illatlar bilan yangi ish oʻrinlari va munosib mehnat sharoitlarini yaratish orqali kurashish kerakligiga urgʻu berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring