Mebel tannarxini pasaytirish uchun xomashyo boji kamaytiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekistonda mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.
Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan yilning oʻzida mebelsozlik yoʻnalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Buni karrasiga oshirish uchun qator masalalarni hal qilish zarur. Masalan, mebel mahsulotlarining 25-30 foizi xonadonlarda tayyorlanyapti. Uydagi ishlab chiqarishdan sanoat bosqichiga oʻtishga intilayotgan mebelsozlar koʻp.
Shu bois, yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha ishchi olib, mebel ishlab chiqarishga ruxsat beriladi. Ushbu faoliyatni boshlash, kengayish istagida yurgan yosh tadbirkorlarga 7-yilga 5 milliard soʻmgacha 18 foizli kredit ajratiladi.
Oltinkoʻl va Xonqadagi “Mebelchilik markazi”da 100 dan ziyod korxona zamonaviy uskunalar oʻrnatib, mebel ishlab chiqarmoqda. Oldin uyidagi tor joyda mebel yasagan tadbirkorlar hozir yaxlit kompleksga joylashib, klaster tizimida ishlayapti.
Sharof Rashidov, Yangi Namangan, Pastdargʻom, Oʻrtachirchiq, Quva, Buvayda, Yunusobod va Uchtepada ham Xonqa tajribasi asosida mebelchilik markazlarini ishga tushirish topshirildi.
Mebel tannarxida import xomashyo ulushi 50-60 foizni tashkil qilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar tannarxni pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga bojni kamaytirishni soʻragan.
“Milliy mahsulotlarimiz raqobatbardosh boʻlishi uchun bunga rozilik beraman”, dedi Prezident.
Mutasaddilarga 14 turdagi xomashyo, furnitura, aksessuar uchun 3-yil muddatga import bojini 1 foiz etib belgilash boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Mebel uchun yogʻoch va yogʻoch materiallarini markazlashgan holda olib kelish yoʻlga qoʻyiladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinishi haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring