Mashhur siyosatshunos 88 yoshida vafot etdi

Amerikalik mashhur siyosatshunos, davlat arbobi va “yumshoq kuch” (soft power) tushunchasining muallifi boʻlgan Jozef Nay 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Garvard universiteti rasmiy bayonot berdi. U 1964-yildan beri Garvard universitetida faoliyat yuritgan, shuningdek, AQSHning sobiq prezidentlari Jimmi Karter va Bill Klinton davrida davlat lavozimlarida ishlagan.
Nay oʻz faoliyati davomida 14 ta kitob va 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi boʻlib, yadroviy qurollarni nazorat qilish, Pan-Afrika gʻoyalari va xalqaro siyosatdagi turli mavzularni oʻrganib chiqqan. Ammo u butun dunyoga “yumshoq kuch” atamasini fanga kiritgani bilan tanilgan.
Bu atama birinchi marta 1980-yillarda joriy qilingan boʻlib, millatlar oʻzining madaniyati, qadriyatlari va jozibasi orqali boshqalarni oʻz taʼsiriga olishini anglatadi. 2004-yilda chop etilgan kitobida Nay: “Yumshoq kuch – boshqalarga siz istagan natijani oʻzlari ham istashga erishish demakdir. Bu odamlarni majburlash emas, balki ularni jalb etishdir”, – deb yozgan edi.
U oʻz izohlarida AQSHning Franklin Ruzvelt davridagi “yaxshi qoʻshnichilik siyosati”ni yumshoq kuchga misol qilib koʻrsatgan. Aksincha, Sovet Ittifoqining Sharqiy Yevropadagi zoʻravon siyosati esa, kuchli harbiy qudratiga qaramay, yumshoq kuchdan mahrum boʻlganining yaqqol misoli sifatida baholangan.
Qayd etish kerakki, uning faoliyatida yadroviy xavfsizlik masalasi alohida oʻrin tutgan. Garvarddagi hamkasbi Grem Allisonning soʻzlariga koʻra, Nay yadroviy urushni oldini olishga qoʻshgan hissasidan eng koʻp faxrlangan. U nazariy va amaliy jihatdan ham Karter va Klinton davrlarida bu yoʻnalishda muhim hissa qoʻshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring