Markazning avvalgi jamoat joylari qanday boʻlsa, shundayligicha qayta tiklanadi — Yekaterina Golovatyuk
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan poytaxtimizdagi modernizm yodgorligini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdimotida yirik loyihaning asosiy vazifalaridan biri bu binoda saqlanib qolgan noyob narsalarni maksimal darajada saqlab qolish ekani alohida taʼkidlab oʻtildi. Binoning dizayn loyihasi Grace byurosi asoschilari Yekaterina Golovatyuk va Giacomo Cantoni tomonidan yaratilgan.
— Biz markazning avvalgi jamoat joylarini mahalliy aholi xotirasida qanday saqlanib qolgan boʻlsa shundayligicha qayta tiklashga harakat qilamiz. Shuningdek, sobiq foye, kafe va yodgorlik zinapoyalari oʻz holicha – xuddi shu ochiqlik va bezak bilan ishlatiladi. Sobiq kinozal ichkarisi modernizatsiya qilinadi va yangi ehtiyojlarga moslashtiriladi, ammo tashqi koʻrinishi toʻliq saqlab qolinadi. Ofislar sifatida ishlatilgan va mehmonlarga kirish imkoni boʻlmagan “P” shaklidagi blokda biz Fransiya markazini, ofislarni va restavratsiya laboratoriyasini joylashtirdik. – deydi Yekaterina Golovatyuk.
Maʼlumotlarga koʻra, binoda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi – bu yerga nafaqat restavratorlar, balki etnograflar, tarixchilar va sanʼatshunoslar ham jalb qilinadi.
— Ushbu binoning vazifalari bir necha omillar asosida aniqlangan, — deydi Jamgʻarmaning ijrochi direktori Gayane Umerova. — Birinchidan, tarixiy kontekstni inobatga oldik. Binoda poytaxt mehmonlari uchun Toshkent madaniyatiga oʻziga xos kirish nuqtasi boʻlib xizmat qilgan Inturist markazi joylashgan edi. Ikkinchidan, respublika madaniyat muassasalari ehtiyojlari va jamgʻarmaning joriy loyihalarini inobatga oldik. 2022-yilda Luvr muzeyida koʻrgazma tashkil qilinishi rejalashtirilgan va bu mamlakatimiz uchun tarixiy voqea boʻlishi aniq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring