Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarida xavfli kasalliklar kirib kelishining oldini olish boʻyicha xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
Toshkentda Xalqaro migratsiyasi tashkiloti va AQSHning Markaziy Osiyoda kasalliklar tarqalishi va profilaktika qilish tashkiloti (CDC) tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarida xavfli kasalliklar kirib kelishining oldini olish boʻyicha Ishchi guruhining ikkinchi amaliy uchrashuvi oʻtkazildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar, Transport vazirliklari, Davlat sanitariya va epidemiologiya markazi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining masʼul xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizning 6 ta chegara oʻtkazish punktlarida xorijdan kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, xavfsiz va tartibli profillashtirish jarayonlarini baholash yuzasidan 3 ta ishchi guruh va baholashni oʻtkazish kunlari tasdiqlab olindi.
Uchrashuv doirasida loyihaning umumiy qiymati va byudjet meʼyoridan kelib chiqib, chegara oʻtkazish punktlarida xavfli va yuqumli kasalliklarni aniqlash, tezkor amaliy ishlarni amalga oshirish boʻyicha xaridlar va AQSHning Markaziy Osiyoda kasalliklar tarqalishi va profilaktika qilish tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi yuzasidan “xarid roʻyxatlari” oʻrganib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring