Margʻilon doʻppisi bezaklarining ohanrabosi nimada?
Qadimshunoslarning aniqlashicha, Margʻilon doʻppisi bezaklarida aks etgan qalampir nusxa gullar, toʻlin oy, koʻzmunchoq shakllarida farzand kutayotgan homilador ayolning husnu malohati oʻziga xos ibo-hayo bilan tasvirlangan.
Margʻilonliklar azaldan chorhunar boʻladi. Asrlar mobaynida qadriabad qadriyat sifatida sayqallanib kelayotgan doʻppidoʻzlik sanʼati Margʻilon hunarmandlarining eng sevimli yumushi sanaladi.
Shu kunlarda YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy komissiyasi, Koreya Respublikasi madaniy meros jamgʻarmasi, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti hamda respublika “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida Margʻilon shahrida boʻlib oʻtayotgan amaliy mashgʻulotlar yurtimizda doʻppidoʻzlikni zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirishga qaratilgan.
Doʻppidoʻzlikning Fargʻona vodiysida keng tarqalgan anʼanaviy maktablari tajribasini keng targʻib etish maqsadida tashkil etilgan amaliy mashgʻulotlarda 20 nafardan ziyod mahalliy yoshlar, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qatnashmoqda.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring