“Manchester Yunayted” klubidan navbatdagi magʻlubiyat
Kecha, 21-dekabr kuni Angliya Premyer-ligasining 17-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidagi oʻyinda “Manchester Yunayted” klubi safarda “Aston Villa” jamoasi mehmoni boʻldi. Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda hisob birinchi boʻlim asosiy vaqtining soʻnggi daqiqasida ochildi. “Aston Villa” hujumchisi Morgan Rojers jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan dastlabki boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Mateus Kunya hisobni tenglashtirdi. Birinchi taym 1:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 57-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Morgan Rojers dublga erishdi. 2:1 hisobi oʻyin oxiriga qadar oʻzgarmadi va “Manchester Yunayted” 4 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriyasidan soʻng yana magʻlub boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring