“Manchester Siti” Angliya Liga kubogining chorak finaliga chiqdi
Kecha, 29-oktyabr kuni Angliya Liga kubogi musobaqasining nimchorak final bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Manchester Siti” klubi Uelsda “Suonsi Siti” klubi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 1:3 hisobi bilan mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda “Manchester Siti” tomonidan kiritilgan gollarga Jeremi Doku, Rayan Cherki va Omar Marmush mualliflik qildi. “Uelsliklar” kiritgan yagona gol esa Gonsalo Franko hisobiga yozildi.
Oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov jarohatdan qaytib, ushbu oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 61-daqiqada Jon Stounsga almashtirildi. Husanovning harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 6,1 ballga baholandi.
Shu tariqa “Manchester Siti” klubi musobaqaning chorak finaliga yoʻl oldi. Maʼlumot uchun, “shaharliklar” oʻtgan mavsum musobaqadagi ishtirokini nimchorak finalda yakunlagan edilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring