“Manchester Siti” Angliya kubogida yirik gʻalabaga erishdi
Bugun, 10-yanvar kuni Angliya kubogi musobaqasining 1/32 final bosqichi oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida 3-divizion vakili “Ekzeter” klubini qabul qildi.
Uchrashuv Pep Gvardiola jamoasining 10:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Riko Lyuis (2 ta), Alleyn, Rodri, Semenyo, Reynders, Rayan Makaydu va OʼRayli mualliflik qildi. Yana 2 ta gol avtogol sifatida Fitsuoter va Xeys hisobiga yozildi. Mehmonlarning yagona javob goliga Djordj Byorch mualliflik qildi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi. Birinchi gol aynan Abduqodirning hujumdagi faolligi evaziga kiritildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring