Maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni bilasizmi?
Qonunchilikka koʻra , maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
- aybdorning oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlishi;
- aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda toʻlashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;
- huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon taʼsiri ostida yoki ogʻir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;
- huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov taʼsirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi taʼsiri ostida sodir etilishi;
- huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi;
- huquqbuzarlikning homilador ayol yoki 14 yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring