Mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoyasi yoʻlida
Mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash, Vatanimiz iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, xususan, eksport va import uchun sharoit yaratish Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Ana shunday ulugʻvor maqsadlar yoʻlida xizmat qilayotgan Bojxona qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari joriy yilning oʻtgan davri mobaynida bir qator yutuqlarga erishishdi. Jumladan, 11,7 trln. soʻmlik bojxona toʻlovlari hisoblanib, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 5,3 trln. soʻm imtiyozlar berildi. Qolgan 6,4 trln. soʻm davlat byudjetiga oʻtkazilishiga erishildi. Viloyat hududida imtiyoz qoʻllanilgan asosiy tovarlar tarkibini transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda metall xomashyolar tashkil etadi.
Viloyat bojxonachilari aholi hamda tadbirkorlar va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan servis xizmatlari, tegishli meʼyoriy hujjatlarni huquqiy asosda tezkor taʼminlashga erishishi tufayli xorijga eksport qilinuvchi mahsulotlar hajmini oshirishga ham munosib ulush qoʻshmoqda. Ushbu saʼy-harakatlar natijasi oʻlaroq, joriy yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida 1,7 mln AQSH dollaridan ortiq boʻlgan metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, transport va uning ehtiyot qisimlari, kimyo va toʻqimachilik sanoati mahsulotlari Turkiya, Qozogʻiston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Afgʻoniston, Belorus kabi xorijiy mamlakatlar bozorlariga yoʻnaltirildi.
Viloyatdagi bojxona terminallarida “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” xizmati ham muvaffaqiyatli ishlamoqda. Ushbu tizim orqali 2025-yilning 9 oyi davomida jami 244 945 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi.
Bojxona yuk deklaratsiyalarini Xavfni boshqarish axborot tizimi boʻyicha yoʻlaklar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, deklaratsiyalarning:
16,2% “yashil yoʻlak”;
67,6 % “sariq yoʻlak”;
16,1 % “qizil yoʻlak” tartibida rasmiylashtirildi.
Bir soʻz aytganda, boshqarmada tadbirkorlarning 83% yuklari soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi.
Tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida barcha boʻlinma, guruh va bojxona postlarida fuqarolarga zamon talablari darajasida xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Boshqarmada bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishini oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyish, kontrabandaga qarshi kurashish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
Boshqarma tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvand vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yoʻnalishida 40 ta holatda 150 kgdan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Bundan tashqari, tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida 3 498 ta holatda 92 mlrd. 792 mln soʻmga teng tovarlar ushlab qolindi. Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha 40,5 mlrd soʻm qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.
Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻliq taʼminlash, mahsulotlarni qayta ishlash yoʻnalishini kuchaytirish orqali eksport hajmini koʻpaytirish, xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish yoʻnalishlarida bir qator yutuqlarga erishilmoqda.
Shodiyor MUTAHAROV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring