Mamlakatimizning turizm salohiyati haqida Yaponiya yozuvchisi tomonidan sayohatnoma chop etiladi
 
                Joriy yilning 2-iyun – 27-iyul kunlari Yaponiyaning TATSUMI nashriyoti yozuvchisi va fotografi Azusa Shiraishining Oʻzbekistonga tashrifi tashkil qilinmoqda.
Tashrif Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad TATSUMI nashriyoti tomonidan Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari haqida sayohatnoma chop etish. Sayohatnoma taxminan 4 000 nusxada boʻlishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, TATSUMI – Yaponiyaning 1967-yilda asos solingan nashriyoti boʻlib, sayohat, hayvonot, baliqchilik va sport sohasidagi mavzular yoritib boriladi. Shuningdek, oshpazlik, tibbiyot va hunarmandchilik sohalarida amaliy qoʻllanmalar ham nashr qilinadi.
Taʼkidlash kerakki, yaponiyalik yozuvchi A.Shiraishi mamlakatimizning yuksak madaniyati, turizm salohiyati, tarixiy obidalari, milliy taomlari, hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa diqqatga sazovor joylarni tasvirga olish maqsadida Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahriga tashrif buyuradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring