Malaka oshirish istagidagi shaxslarga “kasb vaucheri” beriladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 4-avgust kuni “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida maʼlum qilindi.
Farmonga koʻra, 2025-yil 1-noyabrdan malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qoʻshimcha taʼlim olish uchun «kasb vaucheri» berish tartibi joriy etiladi.
Hujjatda keltirilishicha, “kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi. Shaxs oʻqishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan soʻng ssudani 2-yil davomida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga qaytaradi.
Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida taʼlim olish davrida Jamgʻarma hisobidan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya toʻlanadi:
- nogironligi boʻlgan shaxslarga;
- 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda taʼlim olayotgan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalar aʼzolariga;
- doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab taʼlim olayotgan shaxslarga.
Bunda ishsizlik nafaqasi toʻlanishi davrida oʻquvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring