Maktablarda birinchi qoʻngʻiroq sadolari yangradi

12:55 02 Sentyabr 2025 Jamiyat
121 0

Yangi oʻquv yilida Andijon viloyatida 628 ming nafardan ziyod oʻquvchiga 42 ming nafar pedagog taʼlim-tarbiya beradi. Shu bilan birga hududdagi 41 ta nodavlat xususiy maktablarda 9,5 ming nafardan ortiq bola taʼlim olmoqda.

— Joriy yilda investitsiya dasturi doirasida olib borilgan qurilish va taʼmirlash ishlari natijasida qoʻshimcha 10,3 ming oʻquvchi oʻrni yaratildi hamda 20 ta maktabning quvvati yaxshilandi, — deydi viloyat hokimligi xodimi Rustamjon Eshonov. — Yozgi taʼtildan soʻng jonajon maktab quchogʻiga qaytgan oʻquvchilar ilm ummonida yuksak marralarni zabt etishga shaylangan boʻlsa, maktab ostonasiga birinchi qadami qoʻygan 67 ming 191 nafar oʻgʻil-qiz ilk bor qoʻliga qalam tutdi. Ularga oʻquv qurollari jamlangan “Prezident sovgʻasi” oʻqituvchilar va oʻquvchilar, ularning ota-onalari, faxriy ustozlar, mahalla faollari ishtirokida tantanali topshirildi.

Bugun Andijon viloyatining 782 ta maktabida birinchi qoʻngʻiroq sadolari yangradi. Shundan soʻng “Mustaqillik darslari” boʻlib oʻtdi.

Saminjon HUSANOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?