Maymun chechagi boʻyicha global favqulodda holat bekor qilindi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maymun chechagi boʻyicha global favqulodda holat bekor qilinganini maʼlum qildi. Bu haqida SSV axborot xizmati xabar berdi.
2024-yilning avgust oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar boʻyicha qoʻmitasi maymun chechagi (Mpox) epidemiyasini Afrika mintaqasi boʻylab global favqulodda holat, deb eʼlon qilgandi.
Bir yildan koʻproq vaqt davomida mazkur qoʻmita aʼzolari mavjud epidemiologik vaziyatni muntazam tahlil qilib borgan va kuni kecha boʻlib oʻtgan navbatdagi yigʻilishda “Mpox” epidemiyasi boʻyicha global favqulodda holatni bekor qilishga qaror qilingan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesusning bildirishicha, ushbu qaror epidemiya oʻchoqlari hisoblangan Kongo Demokratik Respublikasi, Burundi, Syerra-Leone, Uganda kabi davlatlarda kasallanish hamda oʻlim holatlari keskin kamaygani bilan bogʻliq.
Shuningdek, bugungi kunga kelib, mutaxassislar ushbu virusning yuqish yoʻllari va xavf omillaridan yaxshi xabardor ekani ham favqulodda holatning bekor qilinishiga sabab qilib koʻrsatilgan.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yillar davomida maymun chechagi 100 dan ortiq mamlakatlarda aniqlangan boʻlib, jami 128 ming nafarga yaqin kishiga mazkur kasallik tashxisi qoʻyilgan. Ulardan 283 nafari xastalik oqibatida vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring