Mahoratli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Musaxon Nurmatov 1968-yili Fargʻona viloyatida tugʻilgan. U 1990-yillar oxiri, 2000-yillar boshida oʻzbek milliy estrada sanʼatidagi yuzlab qoʻshiqlar musiqasining muallifidir.
Xususan, uning “Laylim”, “U goʻzal boshqa”, “Adashdim”, “Yana sogʻindim, yana”, “Meni sevib qolsayding”, “Xabaring yoʻq”, “Qizmi bu, kiyikmi bu”, “Davraga tushgan goʻzal”, “Oh, mani vatanim bu”, “Kelin boʻlib ketar boʻlding Laylo”, “Toʻlin oy”, “Naysonim Vatan” kabi oʻnlab qoʻshiqlari mashhur.
Ijodkorning oʻgʻli Yusufxon Nurmatov marhum uzoq yillar davomida ogʻir xastalik bilan kurashib kelganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring