Mahalladagi hokim yordamchisi Uchqoʻrgʻon tumaniga hokim boʻldi

18:18 14 Fevral 2024 Jamiyat
237 0

Xalq deputatlari Uchqoʻrgʻon tumani Kengashining bugun boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Dastlab Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.

Shundan soʻng deputatlar viloyat hokimining Uchqoʻrgʻon tumani hokimi Jahongir Rizzayevni vazifasidan ozod etish hamda Haydarov Muhammad Abduhakimovichni Uchqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarini bir ovozdan maʼqulladilar.

Muhammad Haydarov hozirga qadar Namangan tumanidagi “Olaxamak” mahalla fuqarolar yigʻinida hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?