Magistratura talabasi toʻliq stavkada ishlashi mumkin emasmi?
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi magistraturada oʻqiydigan talabalar 1 stavkada ishlashlari mumkin yoki mumkin emasligi toʻgʻrisidagi savollarga javob berdi.
Unda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, magistratura talabalari uchun toʻliq (1 stavka) ishlashga taqiq qoʻyilmagan. Amaldagi meʼyorlarda magistrlar faqat yarim stavkada ishlashi shart, degan cheklov mavjud emas.
Biroq, ish vaqtingiz asosiy oʻqish jarayoniga xalal bermasligi, darslarga qatnashish va ilmiy ish olib borish imkoniyatingiz taʼminlanishi shart. Ish beruvchi ish rejimini shu talablar bilan muvofiqlashtirishi mumkin.
Shuningdek, har bir tashkilot oʻz ichki tartib-qoidalariga ega boʻlgani uchun, ish beruvchi tomonidan qoʻshimcha talablar qoʻyilishi mumkin. Agar bunday cheklov qonuniy asosga ega boʻlmasa, siz ulardan tegishli meʼyoriy hujjatni koʻrsatishlarini soʻrashga haqlisiz.
“Magistraturada oʻqish 1 stavka ishlash huquqini cheklamaydi. Qonun bilan bunday taqiq belgilanmagan”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring